Simeone "Real"ning PSJ ustidan qozongan g'alabasi haqida: "Bunday remontada hayratlanarli. "Real" yana bir bor Madridning Yevropadagi o'rnini eslatib qo'ydi"

Alisher
11 mar 2022, 11:27
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Real"ning qarshi PSJ (3:1)ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final jaovb o'yinidagi g'alabasi haqida gapirdi.

"Futbolni sevadigan har qanday odam kabi ushbu o'yinni ko'rdim. Bunday remontada haqiqatdan ham hayratga soladi. "Real" yana bir bor Madridning Yevropadagi o'rnini eslatib qo'ydi", - deydi Simeone.

O'yin Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tdi.

Mezbonlar o'yin davomida 0:1 hisobida mag'lub bo'lishayotgan edi, ammo hujumchi Karim Benzemaning xet-trigi tufayli g'alaba qozonishdi va chorak finalga chiqishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bernabeu Digital