Kazemiro: "Ronaldu - buyuk o'yinchi. U jamoa uchun juda muhim"

Administrator
26 avg 2022, 23:21
Braziliyalik futbolchi eski qadrdonining jamoada qolishi tarafdori.

"Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi Kazemiro jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Biz barcha davrlarning eng kuchli o'yinchilaridan biri haqida gapirmoqdamiz. Ronaldu men uni qanchalik hurmat qilishimni biladi. Ishonamanki, u biz bilan qoladi. 

Ronaldu jamoaga juda ko'p gollar taqdim qiladi. U g'olib va lider o'yinchi. Krishtianu jamoa uchun juda muhim. 

Biz til masalasi tufayli ham u bilan juda yaqinmiz. MYUdagi birinchi kunimdanoq u menga juda ko'p yordam berdi. Men Ronalduning MYUda qolishiga chin dildan ishonaman", -deydi Kazemiro.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com