Kayl Uoker ikkinchi bor karantin qoidalarini buzdi

Alisher
7 apr 2020
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker yana karantin qoidalarini buzdi.

Futbolchi oldinroq uyiga "tungi kapalaklar"ni chaqirgan holda, karantin qoidalarini buzgandi.

Endi Uoker Ueyn Runi bilan sayr qilib yurgan paytda policiya tomonidan qo'lga olindi.

"Shaharliklar" futbolchisi allaqachon 250 ming funt jarimaga tortilgan. Futbolchiga endi boshqa chora ko'riladi.

Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniyada koronavirus epidemiyasi sababli aholidan o'zini-o'zi izolyaciya qilish so'ralmoqda.


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk