Kasilyas sardor sifatida YCHL, Jahon va Yevropa chempioni bo'lgan uchinchi futbolchi

Narzulla Saydullayev
25 may 2014, 17:24
Real darvozaboni Iker Kasilyas sardor sifatida Chempionlar ligasi, Yevropa va Jahon chempionatini yutgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Kasilyas Ispaniya terma jamoasi safida 2008 va 2012 yillarda Yevropada, 2010 yilda esa Jahonda tengsiz bo'lgandi. Bu yil esa Real sardori sifatida Yevropa Chempionlar ligasini yutdi.

33 yoshli darvozabon 2000 va 2002 yillarda ham YCHLni qo'lga kiritgan, biroq o'shanda Iker sardor emasdi.

Oldinroq bunday natijaga Franc Bekkenbauer (Bavariya va Germaniya terma jamoasi) va Dide Desham (Marsel va Fransiya terma jamoasi) erishishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru