"Karting? Men jahon chempioniman". Jiru va Benzemaning onlayn-to'qnashuvi davom etadi

Omonjon To`xtamirzayev
2 apr 2020, 00:17
Navbatdagi "zarbani" Jiru berdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Karim Benzema o'zini Jiru bilan solishtirishlariga javoban: "Gapni cho'zib o'tirmayman, qisqa javob beraman: "Formula-1"ni karting bilan adashtirmang. Men aslida sal yumshoqroq shaklda fikrimni izohlayapman. Bu haqida boshqa savol bermang", – degandi Benzema instagramda.

Lekin Jiru buni javobsiz qoldirmadi. Benzemaning bu gaplariga francuz "Befoot"ga bergan intervyusida javob berdi:

"Men kim ekanman? Karting? Men Jahon chempioniman", - dedi Jiru. 

Eslatib o'tamiz, Benzema anchadan buyon termaga chaqirilmaydi va Evro-2016 hamda JCH-2018 musobaqalarini o'tkazib yuborgan. Jiru esa Fransiya terma jamoasi bilan Evroda kumush medal, mundialdan esa oltin medallar bilan qaytgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru