Karlo Anchelotti:“Kroos - afsona. U faoliyatini Madridda yakunlaydi deb umid qilaman”

Alisher
18 apr 2023, 10:10
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yarim himoyachisi Toni Kroos haqida fikr bildirdi.

“Kroos afsona. U jismonan va ruhiy ajoyib sport formasida. Toni faoliyatini Madridda yakunlaydi deb umid qilaman va ishonaman. U ham buni istaydi deb o'ylayman”,-dedi Karlo.

Toni Kroos ushbu mavsum Realning jami 41 ta rasmiy o'yinidan 35 tasida maydonda harakatlandi va La Ligada 2 ta golga mualliflik qildi. Uning bu yildagi umumiy assistlari soni 5 taga etdi.

Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com