

“Kroos afsona. U jismonan va ruhiy ajoyib sport formasida. Toni faoliyatini Madridda yakunlaydi deb umid qilaman va ishonaman. U ham buni istaydi deb o'ylayman”,-dedi Karlo.
Toni Kroos ushbu mavsum Realning jami 41 ta rasmiy o'yinidan 35 tasida maydonda harakatlandi va La Ligada 2 ta golga mualliflik qildi. Uning bu yildagi umumiy assistlari soni 5 taga etdi.
Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi.

