Karlo Anchelotti tez orada Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi

Sherzod Nurmatov
12 may 2025, 19:05
Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan shartnoma imzoladi va 26 may kuni terma jamoada ishga kirishadi.

Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.

65 yoshli mutaxassis La Liganing so'nggi turidan o'rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yindan so'ng "Real"ni tark etadi.

Avvalroq "qaymoqranglilar" Xabi Alonso bilan barcha shartlarni kelishib olgani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic