Karlo Anchelotti sobiq jamoasiga qarshi o'ynashidan xursand

Aziz Tukhtamuradov
25 avg 2017, 08:21
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YCHLga qur'a tashlanganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiziq guruh bo'ldi. Lekin, raqiblarimiz orasida PSJ ajralib turibdi. Sobiq jamoamga qarshi o'ynash qiziq bo'ladi. Bu yerda uch xil raqib bor. Ularga qarshi bo'ladigan xech qaysi o'yin oson bo'lmaydi", - deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, myunxenliklar Yevropa chempionlar ligasida PSJ, "Anderlext" va "Seltik" jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olishdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com