Karlo Anchelotti: "Braziliyadan hech kim menga qo'ng'iroq qilmadi"

Mirjalol Normatov
28 mar 2025
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin vaqtlarda Braziliya termasi boshqaruvini qo'liga olmasligini aytdi.

Oldinroq tarqalgan ma'lumotlarda Anchelottining Braziliya termasida ish boshlashi mumkinligi yozilgandi. Keyinchalik "Real" va Braziliya termasining sobiq futbolchisi Ronaldo bu mavzuda Anchelotti bilan gaplashganini aytgandi.

- Sizga Braziliya futbol konfederatsiyasidan qo'ng'iroq bo'ldimi?

- Yo'q.

- Ronaldo Sizni Braziliya termasiga taklif qilganini aytdi.

- Ronaldo bilan bu borada nimalar deganimni eslay olmayman.

- Klubda qolishni istaysizmi?

- Shartnomamda barchasi yozib o'tilgan. Bunga hech nimani qo'shimcha qilmoqchi emasman. Braziliyani, ularning futbolchilarini, muxlislarini yaxshi ko'raman. Biroq mening "Real" bilan shartnomam bor. Transferlar bozorida bo'layotgan ishlar hech nimani anglatmaydi. E'tiborimni mavsumning eng muhim pallasiga qaratganman. Vazifam futbolchilarimga e'tibor berib, yaxshi natijalar qayd etish, - dedi Anchelotti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As