

Lionda ajoyib damlarni o'tkazdim. Endi Yevropaning eng kuchli klublaridan birida o'ynayman. Maqsadim ajoyib. Bugun ajoyib kun, – deydi Tolisso.
Ushbu transferga Bavariya raisi Karl-Xaync Rummenigge ham izoh berdi.
Kuchli raqobat vaqtida yosh va qobiliyatli futbolchini sotib olganimizdan xursandmiz. Tolisso – bu Karlo Anchelottining istagi edi, – deydi Rummenigge.
Tolisso 37 million evro evaziga Myunxen klubiga o'tdi.




