Karim Benzema: "Saudiya Arabistonida o'ynash - faoliyatini yakunlash degani emas"

Aziz Tukhtamuradov
9 iyun 2023, 08:23
Karim Benzema Saudiya Arabistoni ligasiga o'tish haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Krishtianu Ronaldu shu yerda. U do'stim va uni Saudiya Arabistoni ligasida ko'rishdan xursand bo'laman. Bu narsa Saudiya ligasi jahon miqyosida o'sayotganini bildiradi. 

Bu ligada bir necha katta nomlar bor - birinchi navbatda Krishtianu Ronaldu, endi esa men. Bu narsalar Saudiya futboli o'sishi va jahon futboliga chiqishi uchun qilinmoqda. 

Saudiya Arabistonida o'ynash - faoliyatni yakunlash degani emas. Men bunga javoban Yevropada qilgan ishlarimni bu yerda ham ko'rsatishim kerak", - dedi Benzema. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru