Kapello: "Messi JCH ilk o'yinlarida yurib o'ynadi, ammo Xorvatiyaga qarshi o'yinda hayratda qoldirdi"

Sherzod Nurmatov
16 dek 2022, 23:25
Fabio Kapello JCH-2022 finali oldidan Lionel Messi va Kilian Mbappe haqida gapirdi.

- Bizni katta final kutmoqda – Argentina Fransiyaga qarshi. Bu o'yindan nimani kutyapsiz?

- Bu nafaqat Argentina Fransiyaga qarshi, balki Messining Mbappega qarshi o'yini ham.

Dastlabki o'yinlarda Leo piyoda yurib o'ynagan bo'lsa-da, Xorvatiyaga qarshi o'yini bilan meni quvontirdi. Bu "Barselona" davridagi Messi edi. Kilian Mbappeda esa hammasi bor – katta kuch, tezlik va gollar.

Men bir nechta gollar uriladigan qiziqarli finalni kutyapman. Hammasi qo'shimcha taymlarda yoki penaltilar seriyasida hal bo'lishini istisno qilmayman", – dedi "Milan" va "Real" sobiq ustozi.

Fransiya va Argentina o'rtasidagi JCH-2022 finali 18 dekabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca