Kapello Gvardiola haqida: “Endi hech qanday bahona o'tmaydi”

Eldor Akmurzayev
12 avg 2022, 09:50
Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello “Manchester Siti”ning Chempionlar Ligasi yangi mavsumidagi imkoniyatlariga to'xtaldi.

“Agar mendan bu yil Chempionlar ligasi favoritini tanlashimni so'rasangiz, shubhasiz, “Manchester Siti”ni aytardim. Ular Xolandni olib kelishdi, Erling hujumda rang-baranglik olib keladi va ularga ko'proq gol urishga ko'maklashadi.

Pep Gvardiolada endi Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchrash uchun hech qanday bahona yo'q. U sovrinni yutishi kerak”, deydi Kapello.

Avvalroq, YCHL 2022/23 mavsum qur'asi oldidan “Siti” 1-savatchadan o'rin olishi haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Il Mattino