Kante va Pulishich "Chelsi" mashg'ulotlariga qaytishdi

Sherzod Nurmatov
28 fev 2023, 11:23
London klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, "Chelsi" yarim himoyachilari N'Golo Kante va Kristian Pulishich umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga kirishishdi.

Kante oxirgi marta 2022 yil 14 avgustda maydonda tushgandi. Pulishich esa 2023 yilning 5 yanvaridan beri maydonda ko'rinish bermayapti.

"Chelsi"ning navbatdagi o'yini 4 martga belgilangan. Londonliklar APLning 26-turida “Lids Yunayted”ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com