Kante jarohatidan tuzaldi va "Tottenxem"ga qarshi maydonga tusha oladi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2021, 21:27
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning aytishicha, "aristokratlar" yarim himoyachisi Ngolo Kante jarohatidan forig' bo'lgan hamda APLning 5-turi doirasida Tottenxemga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

"Kante qaytdi, u mukammal daraja hamda maydonga qaytishga shay holatda", - dedi Tuxel matbuot anjumanida.

2021/22 yilgi mavsumda Kante "Chelsi" safida 3 o'yin o'tkazdi. 30 yoshli francuz yarim himoyachisi jamoaning so'nggi ikki uchrashuvini jarohati tufayli o'tkazib yubordi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" - "Chelsi" o'yini 18 sentyabr kuni soat 20:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт-Экспресс