

Fransiyalik boshqa klubga o'tishga yoki "Chelsi"da qolishga rozi, hammasi klub rahbariyatining xohishiga bog'liq.
Ma'lumotlarga ko'ra, Kante "Chelsi" bilan munosabatlarni buzmoqchi emas. Oldinroq, yarim himoyachiga "Barselona" qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
"Chelsi" Kantega katta ehtimol bilan yangi shartnoma taklif qiladi. Tomonlar yaqin vaqt ichida muzokaralarni boshlashi mumkin.



