

Portugaliyalik futbolchi hozirda ijara asosida "Bavariya"da o'ynamoqda. Myunxen klubi istasa, uni 70 million evroga sotib olish huquqiga ega.
Nashrning yozishicha, myunxenliklar rahbariyati futbolchining huquqini "shaharliklar"dan sotib olmoqchi emas. Qaytganidan keyin "Manchester Siti" portugaliyalikni boshqa klubga sotishni rejalashtirmoqda.
28 yoshli o'yinchi joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli pas uzatdi.



