Kannavaro "Al Nasr" bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2015, 10:26
Italiyalik Fabio Kannavaro Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Eslatib o'tamiz, Kannavaro klub bilan 8 oylik shartnoma tuzdi. Agar rahbariyat uning natijalaridan qoniqish hosil qilsa kelishuv yana bir yilga uzaytiriladi.

Fabio Kannavaro bundan oldin Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubida ishlagandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/AlNassrSaudiFCe