Kamoliddin Murzoev: "Hakam golni hisobga olganda butunlay boshqacha o'yin bo'lardi"

11 mar 2014, 23:05
Bugun bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Al Jaish" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" klubi sobiq hujumchisi Kamoliddin Murzoev o'z fikrlarini bildirib o'tadi.
"Agar bugun hakam "Bunyodkor"ning birinchi kiritgan golini hisobga olganda butunlay boshqacha uchrashuv bo'lardi. "Bunyodkor"da Nilmardek hujumchi yo'q lekin bu "Bunyodkor" va "Al Jaish"ni taqqoslash degani emas. "Al Jaish" tarkibida ham Sardor Rashidov, Sardor Sobirxo'jaev kabi yoshlar yo'q" , - deya yozib o'tadi o'z tvittyerdagi sahifasida "Shaxtyor" klubi hujumchisi

Manba: championat.asia