Kamerunni Afrika Kubogi-2017 chempioni qilgan murabbiy iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2017, 02:44
Kamerun futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ugo Broosni iste'foga chiqardi.

E'tiborlisi, Ugo Broos boshchiligidagi Kamerun terma jamoasi shu yilning fevral oyida o'tkazilgan Afrika Millatlar Kubogida qora qita chempioni bo'lgan edi. 

Belgiyalik 65 yoshli mutaxassis qita chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokka qaramay, Kamerunni JCH-2018 final bosqichiga olib chiqa olmadi. Broos 2016 yilning fevral oyidan buyon Kamerun bosh murabbiy lavozimida ishlab kelayotgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif