Kamerun terma jamoasi Argentina va Portugaliya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 09:50
Kamerun futbol federatsiyasi JCH-2014dan oldin Argentina va Portugaliya terma jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkazishga kelishib oldi.
Uchala terma jamoa ham mundialga yo'llanma olgan.

Portugaliyaga qarshi o'yin 5 mart kuni bo'lib o'tadi, 6 iyunda esa Argentina bilan bellashuv bo'ladi.

Oldinroq afrikaliklar 1 iyun kuni Germaniyaga qarshi o'ynashlari ma'lum bo'lgandi.

Kamerun JCH-2014da "A" guruhida Braziliya, Meksika va Xorvatiya bilan kuch sinashadi.

Narzulla SaydullayevMuallif