Kaka "Oltin to'p" uchun da'vogarlar safiga Messi va Ronalduni kiritmadi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2018, 12:22
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kaka "Oltin to'p" uchun kurash haqida fikr bildirdi.

"Oltin to'p"ni kim oladi? Bu yil Modrichning natijalari juda yaxshi bo'ldi. Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va jahon chempionati finaligacha yetib bordi. Modrich maydondagi bahsni shouga aylantira oladigan va jamoa o'yinini boshqaradigan futbolchi. Mbappe ham juda kuchli va uni yorqin kelajak kutib turibdi" - deydi Kaka.

Eslatib o'tamiz, Kaka 2007 yilda "Oltin to'p" sohibiga aylangan. Undan keyin Ronaldu va Messi ushbu sovrinni hech kimga bermay kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport