Kaka: "Neymar qayerda o'ynasa ham ajoyib futbolchiligicha qoladi"

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2017, 21:29
"Orlando Siti" yarim himoyachisi Kaka "Barselona" hujumchisi Neymarning PSJga o'tishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.


"Mavsumning ayni qismida bozor ochiq, shuning uchun ham muzokaralar ko'p. Hamma katta futbolchilarni xohlaydi, Neymar ulardan biri.

Bu uning shaxsiy tanlovi. Uning boshida nimalar ro'y berayotganini va u nima xohlayotganini bilmayman. Neymar "Barselona"dagi vaqti oxiriga etgan va ketish payti kelgan deb hisoblaydimi, yo'qmi bilmayman.

Faqat shuni aytishim mumkinki, Neymar - juda yaxshi futbolchi. Yaqin yillarda qayerda o'ynamasin, u ajoyib futbolchiligicha qoladi. Ko'ramiz.

Unga qaror qabul qilishda omad tilayman. Sen uchun nima eng yaxshisi ekanligini hal etish oson emas", - dedi Kaka.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es