Kafuning o'g'li futbol o'ynayotganda hayotdan ko'z yumdi

Alisher
5 sen 2019, 17:04
Ikki karra jahon chempioni Kafuning uyida baxtsiz hodisa ro'y berdi.

Futbolchining o'g'li Danilo do'stlari bilan futbol o'ynayotganda yurak hurujidan vafot etdi. 29 yoshli o'g'ilning o'limi Baruerada kechki payt sodir bo'lgan.

U tezda shifoxonaga etkazilgan, ammo uning yuragi yo'ldayoq to'xtab bo'lgandi. Daniloning o'limi haqida Kafuning do'sti va Braziliya terma jamoasining sobiq a'zosi Paulo Serjio xabar bergan.

Eslatib o'tamiz, Kafu ikki karra jahon chempioni sanaladi. U Braziliya terma jamoasi tarkibida 1994-2002 yillar davomida o'ynagan.

Kafu jahon chempionatining uchta finalida ketma-ket o'ynagan (1994, 1998, 2002) birinchi va yagona futbolchi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte