Jurnalist: "Veratti chekadi, ichadi, ammo futbolni juda yaxshi o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2019, 16:41
Le Parisien jurnalisiti Jyulen Lorensning so'zlariga ko'ra, uni PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattining "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yini hayron qoldirdi.

"Verratti optimal formada bo'lmasada, men uchun o'yindagi eng yaxshi futbolchiga aylandi. Bir oy ichida u bor-yo'g'i bir marta maydonga tushdi.

O'tgan haftada u tonggi oltigacha Neymarning tug'ilgan kunida dam oldi. Verratti chekadi, ichadi, ammo juda zo'r o'ynaydi.

Agar Verrattining hayot tarzi Krishtianu Ronaldunikidek bo'lsa, u qanday o'ynashi mumkinligini tasavvur qila olmayman" - deydi Lorens.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC 5 Live