

"Real Madrid" klubi futbolchisi Jud Bellingemning ukasi Job Bellingem APL klublari e'tiboriga tushdi. "Sanderlend"ning 18 yoshli futbolchisiga "Kristal Pelas" klubi qiziqish bildirmoqda. Ayni damda klub futbolchi bilan muzokaral olib bormoqda. Qayd qilinishicha, Job "Kristal Pelas" uchun asosiy transfer nishoni bo'lib turibdi.
Boshqa bir manbaning ma'lum qilishicha, Job Bellingemni "Brentford" klubi ham o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.
Ma'lumot uchun, Job Bellingem o'tgan mavsum Chempionshipda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va bitta assist qayd etdi.



