Joze Mourinyu: "Napoli" haqli ravishda chempionlikni qo'lga kiritmoqda"

Mirjalol Normatov
28 yanv 2023, 22:51
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu 29 yanvar kuni "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Ertaga "Napoli" qanday holatda bo'ladi? Har doimgidek bo'lsa kerak-da. Ular chempionlikka haqli ravishda erishmoqdalar. Neapol ahlini, futbolchilarini, Luchano Spallettini chempionlik bilan tabriklayman.

Ular eng yaqin taqibchisini 12 ochkoga ortda qoldirib ketishdi, balki, endi A Seriyada chempionlik uchun kurash tugagandir ham. Skudetto ularniki. Shunchaki ularga yonbosib gapirayotganim yo'q. Chunki "Napoli" g'oliblikni qo'lga kiritib bo'ldi", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal