Joze Mourinyu faoliyatidagi eng katta xato qarori haqida fikr bildirdi

Khoja
2 yanv 2025, 09:11
Fenerbaxche bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatidagi eng katta xato qarori haqida fikr bildirdi.

Eng katta xatoim Real Madriddan ketganim bo'lgan. O'shanda men Florentino Peresga yangi shartnoma bo'yicha taklifiga rad javobini berganman. U menga hozir ketish vaqti emasligini va jamoa ancha shakllangani haqida gapirgandi. Men ham buni yaxshi tushunib turganman. Biroq men Chelsiga qaytishni qattiq istadim. Sababi Ispaniyadagi uch yillik faoliyatim davomida qattiq charchagandim, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com