

“Mavsumning qolgan qismidagi o'yinlardan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, “Siti” kuchli to'rtlikda bo'lishi aniq. Biz esa “Arsenal” va “Livurpul” bilan o'sha to'rtlikka kirish uchun kurashamiz. Albatta, harakat qilamiz. Ammo oldimizda Yevropa ligasi yarim finali turibdi. Tarkibda futbolchilar bilan bog'liq muammolar ham bor. Shunga qaramay maqsad sari kurashaveramiz”, deydi Mourinyo.



