Joze Mourinyo: “Siti” mavsumni kuchli to'rtlikda tugatishi aniq, biz esa “Arsenal” bilan o'sha to'rtlik uchun kurashamiz”

Aslanov Jasurbek
28 apr 2017, 05:49
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo jamoasining “Manchester Siti” (0:0) bilan durangidan keyin klublarning imkoniyatlari haqida so'z yuritdi.

“Mavsumning qolgan qismidagi o'yinlardan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, “Siti” kuchli to'rtlikda bo'lishi aniq. Biz esa “Arsenal” va “Livurpul” bilan o'sha to'rtlikka kirish uchun kurashamiz. Albatta, harakat qilamiz. Ammo oldimizda Yevropa ligasi yarim finali turibdi. Tarkibda futbolchilar bilan bog'liq muammolar ham bor. Shunga qaramay maqsad sari kurashaveramiz”, deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС