Joze Mourinyo: “Runining MYUni tark etishini istamayman”

Aslanov Jasurbek
22 fev 2017, 00:52
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo jamoa sardori Ueyn Runining fevral oyi oxirida Xitoyga ko'chib o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Bu haqda Runining o'zidan so'rash kerak. Men bir haftada o'zimni bu yerda bo'lishimga kafolat bera olmayman. Shu sabab qanday qilib futbolchi kelgusi mavsum jamoada qolishi borasida kafolat bera olaman?!

Agar qachondir Runi jamoadan ketadigan bo'lsa, bu meni xohishim bilan amalga oshmaganligini ishonch bilan ayta olaman.

Shu sabab bu borada Runining o'zidan so'ragan maqul: u klubda faoliyati yakuniga qadar qoladimi yoki ketish bilan bog'liq variantlarni ko'rib chiqayaptimi? Men uni jamoada ko'rishdan mamnunman. Men uni ketishini istamayman”, deydi Joze.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports