Joze Mourinyo: Biz futbol emas Playstation o'ynadik

Narzulla Saydullayev
13 sen 2017, 09:01
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo YCHL 1-turidan o'rin olgan Bazel (3:0) bilan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

2:0ga qadar yaxshi o'ynadik. Ammo shundan keyin barchasi o'zgardi: noto'g'ri qarorlar qabul qilishni boshladik. Barchasi yomon tugashi mumkin edi.

Biz futbol emas, Playstation, fentezi futbol o'ynadik. Barcha fintlar va boshqa narsalar menga yoqmaydi. Raqibni hurmat qilish lozim.

Oddiy vaziyatlarda to'p uchun kurashda yutqazaverdik. Yigitlar o'zlarini ancha bo'sh qo'yib yuborishgani yoqmadi, – deydi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: BT Sport