

"Barcha yaxshi narsalar tugaydi. Men ham professional faoliyatimga bugun yakun yasadim. 20 yillik faoliyatim davomida erishgan yutuqlarimdan mamnunman",- deb yozadi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida.
Quvaytning "Al Quvayt" jamoasi Obi Mikelning so'nggi klubi bo'ldi. U "Chelsi"dagi 11 yillik faoliyati davomida 11ta sovrin yutdi. 2005 yil Nigeriya terma jamoasiga chaqirilgan bo'lib, u bilan Afrika Millatlar kubogida g'olib chiqdi.



