"Jirona" sport direktori: "Maqsadimiz o'zgarmagan: Hali ham La Ligada jon saqlab qolish"

Nozimov Nig'monxo'ja
14 noya 2023, 09:48
"Jirona" sport direktori Kike Karsel jamoaning joriy mavsumdagi ajoyib o'yinlaridan so'ng hali ham klubning o'tayotgan mavsumdagi maqsadlari o'zgarmaganini ma'lum qildi.

“Mavsum boshlanishidan oldin o'z oldimizga qanday maqsad qo'ygan edik va hozir qanday maqsadni qo'yganmiz? Maqsadimiz mavsum boshlanishidan oldingidek - La Ligada jon saqlab qolis. Biz to'g'ri yo'lda qolishimiz kerak. Agar turnir jadvalida birinchi o'rinda qolishda davom etsak, o'z oldimizga yanada yuqori maqsadlarni qo'yamiz.

La Ligada qolish uchun 42 ochko to'plashimiz kerak. Bu natijani birinchi navbatda hal qilishimiz lozim. Keyin esa Evrokuboklar haqida o'ylasak bo'ladi. Evrokuboklarga chiqish jamoamiz uchun juda quvonchli voqea bo'ladi. Biroq biz osmonlarga uchmasligimiz kerak va keyingi o'yinlar haqida bosh qotirishimiz lozim", - dedi Kike Karsel.

Ma'lumot uchun, "Jirona" La Liganing 13-turidan so'ng 34 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com