"Barselona" - La Ligada penaltidan gol ura olmaslik bo'yicha peshqadam

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026, 19:09
Kataloniyaning "Barselona"si Ispaniya chempionatining 24-turini juda omadsiz o'tkazdi - jamoa "Jirona"ga 1:2 hisobida yutqazdi.

"Barsa"ning muammolari urilmagan penaltidan boshlandi: uchrashuvning birinchi bo'limi oxirida Lamin Yamal "nuqta"dan to'pni ustunga qarata tepdi.

Bu "Barselona"ning joriy mavsumdagi Ispaniya chempionatidagi uchinchi urolmagan penaltisi bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u "Valensiya" bilan birga peshqadam - "Valensiya" ham uchta penaltini golga aylantira olmagan. Bu mag'lubiyatdan so'ng "Barselona" Ispaniya chempionati jadvalidagi birinchi o'rinni Madridning "Real"iga bo'shatib berishga majbur bo'ldi.

Keyingi turda klub "Levante"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta