Jerrard barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi va APLning eng zo'r o'yinchilari kim ekanligini aytdi

Alisher
15 apr 2022, 11:25
"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard The Overlap shousi efirida "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevillning savollariga javob berdi.

- Torres yoki Suares?

- Suares

- Safar o'yinlaridagi eng yoqimli stadion?

- "Uayt Xart Leyn" ("Tottenxem" sobiq stadioni)

- Bolalikdagi kumir?

- Jon Barns.

- Siz o'ynashni xohlaydigan APLning eng yaxshi o'yinchilari?

- Salah, Fernandesh, de Bryuyne va van Deyk.

- Barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi?

- Messi.

- APL tarixidagi eng zo'r futbolchi?

- Anri, - deydi murabbiy.


Eslatib o'tamiz, Jerrard 2021 yilning 1 noyabridan beri "Aston Villa"da bosh murabbiy sifatida ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Give Me Sport