Jeko: "Irlandiya terma jamoasining asosiy quroli - jamoaviy o'yin"

Aslanov Jasurbek
13 noya 2015, 14:16
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi hujumchisi Edin Jeko Irlandiyaga qarshi Evro-2016 saralashining birinchi pley-off o'yinidan oldin raqib haqida fikr bildirdi.

"Biz muhim futbolchilarsiz Uels kabi kuchli jamoa bilan yaxshi o'ynadik. Bu safar Beshich yo'q. Qolganlar safda. Biz Zenicadagi sevimli stadionimizda o'ynaymiz.

Irlandiya terma jamoasining deyarli barcha futbolchilari bilan tanishman. Ularning bari yaxshi futbolchilar. Ko'pchiligi Angliya, jahonning eng kuchli ligasida o'ynashadi. Ularda individual mahorat bor, ammo Irlandiyaning asosiy quroli - jamoaviy o'yin. Ular hech qachon taslim bo'lishmaydi. Juma kuni ular oxirigacha kurashishadi deb o'ylayman.

Biz ilk marotaba Evroda ishtirok etishni istaymiz, ammo raqib ham Fransiyaga borish niyatida" - deydi Jeko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA