Rasman: Edin Jeko A Seriyaga qaytdi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2025
Bosniyalik hujumchi Edin Jeko "Fiorentina" futbolchisiga aylandi.

39 yoshli futbolchi Florenciya klubi bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnomaga qo'l qo'ydi.

Jeko "Fenerbaxche"dan ketganidan keyin erkin agent maqomida edi. O'tgan mavsumda u Turkiya chempionatining 35 o'yinida qatnashib, 14 gol qayd etdi va jamoa to'purarlari ro'yxatida ikkinchi bo'ldi.

Jeko bunga qadar Italiyada "Roma", "Inter" kabi jamoalarda ham o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/acffiorentina