Jek Uilshir "Manchester Siti" bilan o'yinda jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
14 fev 2017, 10:36
Transfer huquqi "Arsenal"ga tegishli bo'lgan "Bornmut" yarim himoyachisi Jek Uilshir chempionat 25-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'tgan o'yinda jarohat oldi.

Uilshir birinchi bo'lim oxirida almashtirildi. Taxminlarga ko'ra, Jek to'pig'idan jarohat olgan. Jarohatning qanchalik jiddiyligi va tiklanish muddati keyinroq e'lon qilinadi. Yarim himoyachi bu mavsum 21 o'yinda ikkita golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net