JCH-2026 saralashi. O'zbekiston termasi o'rin olgan E guruhining barcha ishtirokchilari ma'lum!

Mirjalol Normatov
17 okt 2023, 19:26
JCH-2026 saralashining Osiyo qitasida 1-bosqich uchrashuvlariga yakun yasalmoqda.

Dastlabki bosqichda Butan termasiga qarshi kuch sinashgan Gonkong termasi ikki o'yin hisobiga ko'ra raqibidan ustun keldi, 4:2.

Ilk uchrashuvda Gonkong termasi o'z mamlakatida raqibini 4:0 hisobida mag'lub qilgan bo'lsa, ikkinchi o'yinda 0:2 hisobi bilan yutqazdi.

Shu orqali Gonkong termasi E guruhida Eron, O'zbekiston va Turkmaniston termalariga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia