JCH-2022 saralashi. Osiyo qitasi uchun qur'a tashlash marosimi Malayziyada bo'ladi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2019, 13:52
17 iyul kuni Malayziyada Osiyo qitasi uchun JCH-2022 saralashiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Marosim Kuala-Lumpur shahridagi OFK shtab-kvartirasida o'tkaziladi. Unda Osiyo qitasining 40ta terma jamoasi jami 8ta guruhga ajratiladi.

Qur'a jarayonida jamoalar beshta savatchaga ajratiladi. Savatchalar iyun oyidagi FIFA reytingiga qarab ajratilgan. O'zbekiston terma jamoasi qur'ada ikkinchi savatchadan joy oladi.

1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy
2-savatcha: Iroq, O'zbekiston, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya
3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin
4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv orollari, Kuvayt, Malayziya
5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, Shri-Lanka yoki Makao.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia