JCH-2018. Sun Jixay: "Osiyo jamoalaridan umidim katta"

Xayrulla Xoliqov
12 iyun 2018
O'z vaqtida Angliyaning "Manchester Siti" klubida to'p tepgan xitoylik sobiq futbolchi Sun Jixay OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

Sun Jixay o'z intervyusida jahon chempionatida ishtirok etuvchi Osiyo jamoalaridan umidi katta ekanini aytib o'tdi.

- "Tarixda birinchi marta Osiyodan beshta jamoa jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu OFK uchun katta yutuq deb o'ylayman. To'g'risini aytsam, hamma jamoalarga ishonyapman va ularning guruhdan chiqishi tarafdoriman. Biz Yevropa yoki Janubiy Amerikadan qolishmaymiz, buni esa o'yinlarda isbotlash kerak. O'ylaymanki, Osiyo jamoalari ishonchni oqlashadi".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com