JCH-2018. Shveytsariya Serbiya ustidan irodali g'alaba qozondi

Tolibjon Qosimov
23 iyun 2018
Jahon chempionatida bugunga mo'ljallangan so'nggi bahs Serbiya va Shveytsariya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi vaziyatlarni shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.


JCH-2018
"E"
guruhi, 2-tur
"Kaliningrad stedium"
Serbiya - Shveytsariya 1:2
Bosh hakam:
Feliks Brix
Gollar: A.Mitrovich 5 - G.Jaka 52, J.Shakiri 90

Serbiya: 1.Vladimir Stoykovich, 3.Dushko Toshich, 6.Branislav Ivanovich, 11.Aleksandr Kolarov, 15.Nikola Milenkovich, 10.Dushan Tadich, 4.Luka Milivoevich (18.Nemanya Radonich, 81), 20.Sergey Milinkovich-Savich, 21.Nemanya Matich, 17.Filipp Kostich (22.Adam Lyayich, 64), 9.Aleksandr Mitrovich.

Shveytsariya: 1.Yan Zommer, 2.Stefan Lixtshtayner, 5.Manuel Akanji, 13.Rikardo Rodriges, 22.Fabian Shar, 10.Granit Jaka, 11.Valon Bexrami, 14.Stiven Cuber (19.Yosip Drmich, 90), 15.Blerim Jemaili (7.Brel Embolo, 73), 23.Jerdan Shakiri, 9.Xaris Seferovich (18.Mario Gavranovich, 46).

Ogohlantirishlar: S.Milinkovich-Savich 33, L.Milivoevich 39, N.Matich 45+2, A.Mitrovich 88 - J.Shakiri 90



MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH



90 - Gooooooollllll, Jerdan Shakiriiii jamoasini hisobda oldinga olib chiqmoqda. Jerdan maydon markazidan birga-bir qochib ketdi va Stoykovichni dog'da qoldirdi.

86 - Rikardo Rodrigesning jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi.

84 - Gavranovichning zarbasini Stoykovich qaytardi, lekin Gavranovich to'pni qabul qilishdan oldin o'yindan tashqari holatda edi. Hakamlar buni payqashmadi.

82 - Branislav Ivanovich sal bo'lmasa to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yuborishi mumkin edi.


Super goldan bir lahza oldin.


77 - Shakiri tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi-yu, himoyachini ortda qoldira olmadi.

73 - Shveytsariya tarkibida Bleram Jemaili o'rniga Brel Embolo maydonga tushdi.

64 - Serbiya tarkibida Kostich o'rniga Adam Lyayich maydonga tushdi.

58 - Zarbaaaa, Jerdan Shakirining aylanma zarbasi darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Shveytsariya hujumga katta kuch tashlamoqda.

52 - Gooooooooollllll, Granit Jakadan shedevr gol. Pushka. Jaka to'pni to'xtatmasdan Stoykovich darvozasiga "sanchib qo'ydi".

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Shveytsariya ustozi 1-bo'limda ko'rinmagan Seferovich o'rniga maydonga Mario Gavranovichni tushirdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45-1 - Tadichdan ajoyib zarba, lekin unga aniqlik yetishmadi.

42 - Tadich birgina harakat bilan ikki nafar o'yinchini "xot-dog"ga jo'natib yubordi.

37 - Tadichning 22 metrlardan tepgan to'pini Zommer ushlab oldi.

33 - Milinkovich-Savich Sharga nisbatan keskin va qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

33 - Shveytsariya hujumga zo'r bermoqda, ammo hozircha Mladen Krstayich shogirdlari ustunroq.

30 - Zarbaaaa, Vladimir Stoykovichdan kun seyvi. Jemailining yaqin masofadan bergan zarbasi bartaraf etildi. Cuber aqlli pas bilan Bleramni birga-bir vaziyatga chiqardi, Jemailining zarbasini esa Stoykovich o'ng qo'li bilan urib yubordi.

29 - Milivoevichga tibbiy yordam ko'rsatildi.


Ajoyib ko'rinish.


26 - Akanjining bosh bilan zarbasi noaniq ketdi.

Saytimizning telegramdagi kanalida uchrashuvdagi barcha gollarni ko'rish mumkin: KANALGA O'TISH

23 - Zarbaa, avvaliga Shakiri, keyin esa Lixtshtaynerning zarbalirini himoyachilar qaytarishdi.

19 - Har ikki jamoa omadini hujumdan izlamoqda. Hozircha serblar yaxshiroq harakat qilishmoqda.


Mitrovich kiritgan gol.


16 - Milinkovich-Savichdan noaniq zarba.

5 - Goooooooolllllll, Aleksandr Mitrovichchchchch ikkinchi urinishda baribir o'z niyatiga etdi va hisobni ochdi. Tadichning o'ng qanotdan chap oyoqda uzatgan to'pini Mitrovich boshi bilan darvozaga yo'lladi, tezkor gol qiziqarli o'yinga ishoradek go'yo.

5 - Zarbaaa, Mitrovichning bosh bilan bergan zarbasini Zommer qaytarib qoldi.


Shveytsariya esa oq libosda maydonga tushgan.


Bugun Serbiya qizil libosda to'p tepmoqda.


Uchrashuv boshlandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia