JCH-2018 oldidan. Eron 27 mart kuni Jazoir bilan o'ynaydi

Xayrulla Xoliqov
3 mar 2018, 12:51
Eron terma jamoasi jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Milliy terma jamoa 27 mart kuni Jazoirga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu o'yin Avstriyaning Grac shahridagi UPC-Arena stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanadi.

Eronning bu jamoaga qarshi o'ynashiga sabab jahon chempionatidagi raqibi Marokash bilan Jazoirning o'yin uslubi bir-biriga yaqinligida. Ma'lumki, forslar JCH-2018da Ispaniya, Marokash va Portugaliya bilan bir guruhdan joy olishgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com