

- O'yin haqida...
- O'zingiz guvoh bo'ldingiz, "Al Hilol" Osiyoning eng yaxshi jamoasi hisoblanadi. O'yinni oamdsiz boshladik. Birinchi turda ham, bugun ham g'alaba uchun maydonga tushgandik. Nasib qilmagan ekan. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, guruhdan chiqishga harakat qilamiz.
- Gol urganingizdan keyin zaxiraga olindingiz...
- Jarohat olganim sababli almashtirildim.
- "Nasaf"ning oxirgi golni o'tkazib yuborishiga mazkur o'zgarishlar ham ta’sir o'tkazmadimi? Sizning o'rningizga yosh o'yinchiga imkon berildi. Tajriba yetishmagan bo'lishi mumkin.
- Unday demagan bo'lardim. Yutsa jamoa yutadi, yutqazsa ham jamoa yutqazadi. Qaysidir jabhalarda e'tiborsizilik qilgandirmiz. Kichik xatolar sabab gol o'tkazib yubordik, deb o'ylayman.
- Elit OCHLdagi dastlabki ikki tur Saudiya klublariga qarshi o'tkazildi. Qaysi biri qiyinroq bo'ldi?
- Ajratmagan bo'lardim. Ikkalasining o'ziga yarasha ustunligi bor. Ularni Saudiyaning ikki grandi emas, Osiyoning ikki grand jamoalari deb atagan bo'lardim.



