Jasur Yaxshiboev: "Ikkinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana oldik"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2023, 00:22
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jasur Yaxshiboev Tojikistonga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda aksi kuzatildi. Imkoniyatlarni golga aylantira oldik. Raqib hisobni ochganidan so'ng bosim ikki hissa oshdi. 


Tanaffusda taktika, ko'rsatmalar o'zgardi. Kerakli zaxiralar amalga oshirildi. 


Bobur Abdixoliqov bilan yoshlikdan birga katta bo'lganman. Maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Bu borada muammo bo'lgani yo'q",- deydi Jasur Yaxshiboev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia