Jasur Azimov va Amirjon Safarov "Dinamo"ga qaytdi

Tolibjon Qosimov
28 fev 2018, 19:00
Toshkentda Pro-Liga bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan “Dinamo” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

"Dinamo" jamoasi asosiy tarkib futbolchilari sanalmish, hujumchi Amirjon Safarov va yarim himoyachi Jasur Azimovni boshqa klublardan takliflar bo'lsada, o'z safida saqlab qoldi. “Neftchi” klubi yig'inida ishtirok etgan ushbu samarqandlik futbolchilar ayni damda yana “Dinamo” safiga qaytib, mashg'ulotlarga qo'shilishgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoa ko'rigida ishtirok etayotgan Dilshod Sharofutdinov esa faoliyatini Indoneziya chempionatida davom ettirishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” 28 fevral, chorshanba kuni Chig'atoydagi futbol maydonida Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. O'yin soat 16:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати