Jasur Azimov legionerga aylanishga yaqin

Narzulla Saydullayev
21 dek 2021
"Qizilqum" yarim himoyachisi Jasur Azimov faoliyatini xorij klubida davom ettirishga yaqin turibdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Azimov yaqin vaqt ichida Indoneziyaning "Persik" klubi bilan shartnoma tuzadi. Ayni paytda "Persik" Indoneziya chempionatida 17ta o'yindan 17 ochko to'plab, 14-o'rinda bormoqda.

Ma'lumot uchun, Jasur Azimov bu mavsum Superligada 19ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia