

"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim PSJ bilan o'yindan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu jamoalar Fransiya Liga kubogi finalida to'qnash kelishadi.
"Neymarning yo'qligi? PSJ - bitta o'yinchi emas. Neymarning iqtidorini hamma biladi, lekin Parijda boshqa ajoyib futbolchilar ham bor. Masalan, Di Mariya va Draksler. Shuningdek, Kavani, Mbappe va Alvesga ham alohida e'tibor qaratish lozim. Biz oldinda turgan to'qnashuvga munosib tayyorlandik", - dedi Jardim.




